Kuzatuvchi.uz / TENDER O‘TKAZISH BO‘YICHA XARID KOMISSIYASI HAQIDA BILASIZMI ?

TENDER O‘TKAZISH BO‘YICHA XARID KOMISSIYASI HAQIDA BILASIZMI ?

O‘zbekiston Respublikasining  Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 65-moddasiga asosan. Davlat xaridini tender o‘tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida yetti nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.

Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Agar majlisda xarid komissiyasi a’zolari umumiy soning kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Barcha qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

28-06-2024, 23:06
Saytga qaytish