Kuzatuvchi.uz / QURISH QOIDALARINI BILASIZMI?

QURISH QOIDALARINI BILASIZMI?

O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik kodeksining 61-moddasiga asosan. Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali texnologiyalarni qo‘llash va rivojlantirishni rag‘batlantirishi va buning uchun imkoniyat yaratishi kerak. Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi. Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan obyektlarni qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi xavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar mustasno. 

 

Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

28-06-2024, 17:27
Saytga qaytish