Kuzatuvchi.uz / UMUMIY SAYLOV HUQUQI NIMA U?

UMUMIY SAYLOV HUQUQI NIMA U?

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9-moddasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadir. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.

 

Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

28-06-2024, 17:16
Saytga qaytish