Kuzatuvchi.uz / FUQAROLARINING QULAY HAYOT FAOLIYATI MUHITIGA BO‘LGAN HUQUQI

FUQAROLARINING QULAY HAYOT FAOLIYATI MUHITIGA BO‘LGAN HUQUQI

O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik kodeksining 9-moddasiga asosan. Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqqa ega.

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqi:

shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;

hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish;fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi;qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlashtirish;shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati;shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab bo‘lgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash orqali ta’minlanadi

 

Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

28-06-2024, 17:13
Saytga qaytish