O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasiga asosan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslarning chiqishlari va bayonotlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining xabarlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rasmiy veb-saytlarining materiallari;
ommaviy axborot vositalarining materiallari.
Qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar ham davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari bo‘lishi mumkin.
Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.