Kuzatuvchi.uz / YOSHLAR DAFTARI

YOSHLAR DAFTARI

«Yoshlar daftari»ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan toifadagi yoshlar kiritilishi belgilangan.  «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda BHMning 25 baravarigacha qismi qoplab berilishi mumkin.

«Yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berish «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yosh oilalarning sektorlar rahbarlariga va Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlariga bergan arizasiga muvofiq, ularga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berilishi mumkin.

«Yoshlar daftari»dan quyidagi hollarda chiqariladi:

Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmasdan «Yoshlar daftari»ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Yurxizmat.uz orqali bepul huquqiy xizmatdan foydalaning

Huquqiy hujjatlarni tayyorlashda vaqtdan yutishni xohlaysizmi?

Yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz harakat qilishni-chi?

🌐 Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan www.yurxizmat.uz – Oʻz-oʻziga huquqiy xizmat koʻrsatish “Legal Tech” axborot tizimi bunda Sizga qoʻl keladi.

Sayt huquqiy hujjatlarni, xususan yuridik shaxslar faoliyatida foydalaniladigan korporativ hujjatlar namunalarini, jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, iltimosnomalar, bitimlar, sudga oid hujjatlar va boshqa huquqiy hujjatlar namunalarini yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz avtomatlashtirilgan holda elektron shaklda tayyorlash, olish va foydalanish imkonini beradi.

Eng muhimi hujjatlardan foydalanish bepul.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

28-06-2024, 12:13
Saytga qaytish