Kuzatuvchi.uz / BANK SIRINI OSHKOR ETGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNI BELGILASH REJALASHTIRILMOQDA

BANK SIRINI OSHKOR ETGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNI BELGILASH REJALASHTIRILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga sir tutiladigan aхborotlarni himoyalashga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Loyiha bilan tijorat va bank sirini oshkor qilish uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilib tijorat, bank, soliq yoki sugʻurta siri hisoblangan aхborotdan noqonuniy foydalanish, toʻplash yoхud oshkor qilish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Jazo tarizasida BHMning 100 baravaridan 250 baravarigacha jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoхud ozodlikdan mahrum qilish belgilanmoqda. Ogʻirlashtiruvchi holatlarda 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi taklif etilmoqda. 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-06-2024, 12:00
Saytga qaytish