Kuzatuvchi.uz / XODIM TURLI LAVOZIMLARDA ISHLAGANIDA TA’TIL KUNLARINI HISOBLASH TARTIBI

XODIM TURLI LAVOZIMLARDA ISHLAGANIDA TA’TIL KUNLARINI HISOBLASH TARTIBI

Agar ishga qabul qilish vaqtida хodimga mehnat ta’tilining qoʻshimcha  kunlari yangi MKning 481-moddasi asosida taqdim etilgan boʻlsa, ish beruvchi zararli omillar ta’siri bilan bogʻliq boʻlmagan yangi lavozimga oʻtkazilgan sanadan boshlab ularni oʻzining buyrugʻi (farmoyishi) bilan bekor qilishga haqli.

Agar bu kunlar mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, yangi lavozimga oʻtkazish boʻyicha хodimning mehnat shartnomasiga  qoʻshimcha kelishuvda bu qismiga ham oʻzgartirishlar kiriting.      

Mehnat ta’tilining bir qismi eski lavozim boʻyicha (qoʻshimcha kunlar bilan), bir qismi esa yangi lavozim boʻyicha  (qoʻshimcha kunlarsiz) toʻgʻri keladigan davrlar uchun berilsa, ta’til kunlarining umumiy sonini har bir davr uchun alohida ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladiva natijani umumlashtiriladi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

28-06-2024, 11:49
Saytga qaytish