Kuzatuvchi.uz / MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH

MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQISH

Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish beruvchi va xodim o‘rtasida yoki xodimlar va ish beruvchilar   o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha, shuningdek yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar mehnat nizolaridir. Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi quyidagi masalalar bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar yakka tartibdagi mehnat nizolaridir: mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash, xodim uchun yakka tartibdagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud yakka tartibdagi mehnat shartlarini o‘zgartirish.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

28-06-2024, 08:40
Saytga qaytish