Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Bo‘sh ish o‘rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash,

 — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, 

— mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

 

Hazorasp tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

26-01-2024, 02:54
Saytga qaytish