Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Qonunchilikka ko'ra, xodimlarga ish haqi to'lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo'lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo'lishi mumkin emas. 

Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko'p bo'lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo'lingan holda (bo'nakda va qolgan qismi miqdorida) to'lanadi. Hukumat tomonidan ish haqi oyiga bir marta to'lanadigan xodimlarning ayrim toifalari belgilanishi mumkin. 

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-06-2024, 01:09
Saytga qaytish