Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Qonunchilikka ko'ra, “Xorijda ish” mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi kompensasiyalar to'lanadi: 

xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha (1 mln 20 ming so'm) miqdorda;

xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha (1 mln 700 ming so'm) miqdorda;

yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha (680 ming so'm) miqdorda.

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

28-06-2024, 00:07
Saytga qaytish