Kuzatuvchi.uz / MIRANDA QOIDASI: SUKUT SAQLASH NIMAGA KERAK?

MIRANDA QOIDASI: SUKUT SAQLASH NIMAGA KERAK?

Maʼlumki, shaxs jinoyatda gumon qilinib, ushlanishi zahoti unga sukut saqlash huquqi borligini tushuntirib, “Aytgan har bir soʻzingiz kelgusida oʻzingizga qarshi ishlatilishi mumkin” - deb qoʻshib ham qoʻyiladi. Xoʻsh, sukut unga nima beradi yoki nimalardan muhofazalashi mumkin? Avvalo, shaxs ushlangan paytdayoq unga berilgan savollarga javob berishi yoki jinoiy taʼqibning ilk jarayonlarida koʻrsatuv berib qoʻyishi ayrim tergovchilarga qoʻl kelib, ayblov boʻyicha oʻzi istagan “sxema” ni mustahkamlashda butun uydirmalarini sizning koʻrsatuvlaringizga xronologik va mantiqiy izchillik jihatdan moslashtirib olishiga imkoniyat yaratib qoʻygan boʻlasiz. Qolaversa, voqelikdagi Sizning harakatingiz aslida jinoyat deb topilmasligi kerak boʻlgani holda, siz oʻzingizda paydo boʻlgan aybdorlik hissi tufayli iqrorlik koʻrsatuvi berib qoʻysangiz, endi tergovchining “sxema”si va tusmollari diqqqat markazida faqat Siz boʻlib qolasiz.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

27-06-2024, 23:56
Saytga qaytish