Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Yo'l harakati qoidalariga ko'ra, davlat ro'yxatlash raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan bo'lsa, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Qonunchilikka ko'ra, davlat raqam belgilarini ko'rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to'sqinlik qiladigan turli ashyolar o'rnatish va qoplama surtish, ana shu qurilmalarni musodara qilib, quyidagicha miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi: 

-  fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so'mdan 1 mln 20 ming so'mgacha);

-  mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming so'mdan 1 mln 700 ming so'mgacha).

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


26-06-2024, 01:13
Saytga qaytish