Qonunchilikka ko'ra, koxlear implantasiya operasiyalari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o'tkaziladi.
Bemor bolalar uchun koxlear implantasiya operasiyasini o'tkazish va operasiyadan keyingi reabilitasiya tadbirlari bepul amalga oshiriladi.
Shuningdek, implantatlar 5 yoshga to'lmagan bolalarga bepul taqdim etiladi.
Bolaning ota-onasi, ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylar bepul implantat hisobiga operasiya uchun navbat kutishni istashmasa, implantatni o'zlari sotib olishlari mumkin.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.