Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Qonunchilikka ko'ra, haydovchi mastlik holati bo'yicha tekshiruvdan bo'yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo'lgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 5 mln 100 ming so'm miqdorida jarimaga tortiladi. 

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 10 mln 200 ming so'm miqdorida jarima yoki 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo'llaniladi.

Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi 1 mln 20 ming so'm miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

26-06-2024, 00:51
Saytga qaytish