Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud bo‘lishi, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz xizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish,

— mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 

— mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

 

Hazorasp tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

26-01-2024, 02:49
Saytga qaytish