Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi:
- 2024-yil 1-iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
- 2024-yil 1-oktabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida.
Jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtiriladi. Shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko'rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to'g'risida tahlillar o'tkaziladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.