“2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida ko'p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.