Kuzatuvchi.uz / OʻRMON LANDSHAFTLARINI TIKLASHGA 205,45 MLN AQSH DOLLARI AJRATILADI

OʻRMON LANDSHAFTLARINI TIKLASHGA 205,45 MLN AQSH DOLLARI AJRATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.2024-yildagi PQ-140-sonli “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

10.04.2023-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida imzolangan moliyalashtirish bitimi doirasida “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash”loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga jami 142 million AQSh dollarimiqdorida qarz mablagʻlari ajratiladi. Shuningdek, Progreen trast jamgʻarmasi hamda Koreya Respublikasining KWPF jamgʻarmasi oʻrtasida tuzilgan grant bitimlari doirasida jami 11 mln AQSh dollarimikdorida grantlar jalb etiladi. 

Loyihaning umumiy qiymati 205,45 mln AQSh dollarini, shu jumladan Loyihadagi Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 52,45 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi hamda jalb etilgan qarz mablagʻlari va grantlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organlarhisoblanadi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlari;

● “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlaridan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali;

● “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;

● loyiha doirasida Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.




25-06-2024, 19:34
Saytga qaytish