Kuzatuvchi.uz / KO‘P XOTINLILIK UCHUN JAVOBGARLIK

KO‘P XOTINLILIK UCHUN JAVOBGARLIK

Jinoyat kodeksining 126-moddasiga asosan ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Moddaning qisqacha sharhi, agar ikki yoki undan ortiq xotinli shaxs ko‘p xotinlik jinoyatini sodir etgan deb qaralishi uchun bu shaxs, ya’ni er har ikki xotini bilan ham bir tom ostida umumiy ro‘zg‘or asosida yashab kelayotgan bo‘lishi shart. Lekin bir ayol bilan boshqa uyda, ikkinchi xotini bilan esa alohida uyda yashasa, ro‘zg‘orlaringiz alohida bo‘lsa, bunga ko‘p xotinli bo‘lish sifatida qaralmaydi. 

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

25-06-2024, 17:52
Saytga qaytish