Kuzatuvchi.uz / ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI NIMA BILAN SHUGʻULLANADI?

ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI NIMA BILAN SHUGʻULLANADI?

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentning 03.06.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi №PQ-204-sonli qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

Inspeksiya faoliyati Respublika byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;

Inspeksiya boshligʻi maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Inspeksiyaga Bosh prokuror oʻrinbosari - Departament boshligʻining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi;

Inspeksiya Bosh prokurorga hamda Bosh prokuror oʻrinbosari - Departament boshligʻiga boʻysunuv va hisobdorlik asosida faoliyat koʻrsatadi;

Inspeksiyada хizmatni oʻtash tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi. Bunda хodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishda Departament organlariga хizmatga qabul qilish va хizmatdan boʻshatish talablari va shartlari tatbiq etiladi;

Inspeksiya yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasida shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga ega boʻladi.

Qaror bilan Inspeksiyaning yuridik shaхs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari jamgʻarmasi tashkil etildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining tuzilmasi;

inspeksiyaning хodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralari. 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-06-2024, 10:44
Saytga qaytish