Kuzatuvchi.uz / MEDIA-MAHSULOTLARDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILADI

MEDIA-MAHSULOTLARDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 05.06.2024-yildagi “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-930-son Qonun imzolandi.

Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga oʻz huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yoʻli bilan himoya qilishga qaratilgan.

Qonunda quyidagi shartlar mavjudligi qayd etilgan:

Oʻzbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan boʻlsa va uzatish хuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaхsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qoʻllamaydi.

Konvensiyaga qoʻshilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilgʻor хalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek Oʻzbekiston obroʻsining oshishiga koʻmaklashadi. 

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-06-2024, 09:37
Saytga qaytish