Kuzatuvchi.uz / XADYANI BЕKOR QILISH MUMKINMI ?

XADYANI BЕKOR QILISH MUMKINMI ?

 

Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yo‘l qo‘yiladi.

Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.

 

Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.

 

Yuqoridagi sabablardan biriga asosan hadya bekor bo‘lishi mumkin. Sanab o‘tilganlardan boshqa holatlarda hadyani bekor qilib bo‘lmaydi.

 

Gulnora MADAMINOVA,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti. 

 

 

24-01-2024, 18:47
Saytga qaytish