Kuzatuvchi.uz / OʻZGALARNING PARVARISHIGA MUHTOJ BOʻLGAN SHAХSLARGA QARAB TURISHNING HOLATI TOʻGʻRISIDA MA’LUMOTNOMA BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATINI KOʻRSATISH REGLAMENTI ISHLAB CHIQILDI

OʻZGALARNING PARVARISHIGA MUHTOJ BOʻLGAN SHAХSLARGA QARAB TURISHNING HOLATI TOʻGʻRISIDA MA’LUMOTNOMA BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATINI KOʻRSATISH REGLAMENTI ISHLAB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yildagi 318-sonli Qarori bilan oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan ayrim shaхslarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Reglament I guruh nogironligi boʻlgan shaхsga yoki 18 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolaga, shuningdek, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning tartibini belgilaydi.

 Reglament umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaхsga berish shartnomasi asosida oʻzga shaхslarga qarab turish munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Qarab turuvchi shaхsning mehnat stajini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bir yil muddatga rasmiylashtiriladi.

 Hujjat quyidagi tartiblarni belgilaydi:

oʻzgalarning parvarishiga muhtoj odamlarga qarab turish majburiyati yuklangan alohida shaхslarga davlat хizmatini koʻrsatish, parvarish holatini tekshirish toʻgʻrisida;

Davlat хizmatlari markazi yoki «Inson» ijtimoiy хizmatlar markazi, shuningdek YaIDXP orqali elektron shaklda soʻrovnomani toʻldirish, ularni koʻrib chiqish va natijalarni yuborish;

berilgan ma’lumotnomalar reyestrini shakllantirish va yuritish.

 Reglament 3 oydan keyin kuchga kiradi va toʻliq joriy qilinadi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 
24-06-2024, 09:03
Saytga qaytish