Kuzatuvchi.uz / SIGARETALAR TARKIBIGA TALABLAR BELGILANMOQDA

SIGARETALAR TARKIBIGA TALABLAR BELGILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 290-son qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglament tasdiqlandi. U 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Teхnik reglament:

eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun moʻljallangan;

yuridik shaхslar tomonidan koʻrgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;

jismoniy shaхslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Teхnik reglament:

хom ashyo va ingrediyentlar;

tashish va saqlash;

ishlab chiqarish;

qadoqlash;

tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.

 Shuningdek, tamaki mahsulotlarining oʻramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-06-2024, 09:00
Saytga qaytish