Kuzatuvchi.uz / TA’LIM KREDITINI KIMLAR OLADI?

TA’LIM KREDITINI KIMLAR OLADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 27.05.2024-yildagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoni qabul qilindi.

 Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan Davlat byudjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida ta’lim krediti beriladi.

 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ta’lim krediti ajratishning yangi tartibi joriy etiladi:

oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratish;

ta’lim kreditini:

– oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun –toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

– oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratish (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

Shuningdek, hujjat bilan ta’lim krediti quyidagilar uchun ajratilishi belgilandi:

oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) aхborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) aхborot tizimida mavjud boʻlganda;

professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun - oʻquvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) aхborot tizimida mavjud boʻlganda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz” va “prof.edu.uz” aхborot tizimlari orqali shakllantirish topshirildi.

 2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar ta’lim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ta’lim krediti” aхborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va YaIDXP orqali topshirish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilmoqda.


 
T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

23-06-2024, 23:47
Saytga qaytish