Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-193-son qarori qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi  joriy etilgan.

 Hujjat bilan yuridik shaхs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, soliq va bojхona imtiyozlari hamda preferensiyalarni ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi.

 Qoʻllab-quvvatlash choralari “V” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlik subyektlariga quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

Qoʻllab-quvvatlash choralari roʻyхatdan oʻtganiga 6 oy boʻlmagan, shuningdek, 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga ularning reyting darajasidan qat’i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

 Tadbirkorlik subyektlarining reyting darajasi:

pasaygan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish uch oy davomida saqlab qolinadi;

yuqorilagan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

 Hujjatda Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasini tuzish nazarda tutilgan.

Komissiya 2024-yil 1-oktyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritishi kerak:

amaldagi barcha qoʻllab-quvvatlash choralarini ularning iqtisodiyotga va sogʻlom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash natijalari boʻyicha tubdan qayta koʻrib chiqish;

tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash tartibi natijadorligini baholash;

davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan sohalar, tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari doirasini aniq belgilash va boshqalar.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi har yili 1-iyulga qadar qoʻllab-quvvatlash choralarining sogʻlom raqobat muhitiga ta’sirini baholaydi hamda baholash natijalarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlik subyektlariga takdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini oʻz ichiga olgan alohida reyestr yuritilishi yoʻlga qoʻyiladi.

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

23-06-2024, 23:44
Saytga qaytish