Kuzatuvchi.uz / BOG‘CHAGA JOYLASHTIRISHDA IMTIYOZ BERILGAN SHAXSLAR RO‘YXATI

BOG‘CHAGA JOYLASHTIRISHDA IMTIYOZ BERILGAN SHAXSLAR RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 244-son qaroriga muvofiq,   quyidagi shaxslarga bolani bog‘chaga qo‘yishda imtiyozlar berilishi belgilangan:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari, ko‘p bolali oilalarning bolalari, etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar, «ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari, talabalar va pedagoglarning bolalari, akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.


M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

14-06-2024, 16:23
Saytga qaytish