O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020-yildagi TA’LIM TO‘G‘RISIDA O‘RQ-637-son qonuniga muvofiq, Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi belgilangan. Bolalarni maktablarning 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan maktabga ota-onalar tomonidan maktab direktori nomiga ariza, bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma, bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati topshiriladi.
Ota-onaning boshqa hududda yashashi (propiskaning yo‘qligi) bolani maktabga qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.
Bolalar umumiy maktablarning 1-sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, tanlovsiz qabul qilinadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.