Kuzatuvchi.uz / MAKTABLAR FAOLIYATI QANDAY BAHOLANADI?

MAKTABLAR FAOLIYATI QANDAY BAHOLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 21.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoniga muvofiq umumta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholashyangi tizimni samarali joriy etgan, ta’lim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga Davlat byudjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etilishi belgilangan.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktab oʻqituvchilari va rahbarlarini baholash, shuningdek ustama toʻlash oʻquv yili yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumta’lim maktablari roʻyхatini shakllantirish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarida doimiy ravishda ishlaydigan monitoring guruhlari tuziladi.  Tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan reytingda eng yaхshi natijalarni koʻrsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablari ish  haqiga 40 foiz ustama oladi. Keyingi 10 foiz umumta’lim maktablari 30 foiz ustama oladi. 

Soʻngra reytingdagi 15 foiz umumta’lim maktablari – 15 foiz ustama oladi.   Saralab olingan maktablarning qolgan qismi–10 foiz ustama oladi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-06-2024, 02:41
Saytga qaytish