Kuzatuvchi.uz / MAVSUMIY ISHLAR

MAVSUMIY ISHLAR

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir. Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, 6 oydan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 491-moddasida mavsumiy ishlarning, shu jumladan 6 oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ayrim mavsumiy ishlarning ro‘yxatlari va mazkur ayrim mavsumiy ishlarning eng ko‘p davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha Respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi ko‘rsatilgan. Ishning mavsumiy xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak. Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi. Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-06-2024, 02:40
Saytga qaytish