Kuzatuvchi.uz / O‘N SAKKIZ YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLAR

O‘N SAKKIZ YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLAR

Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga  muvofiq belgilanadigan eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi deb belgilangan.

Ozbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga 412-moddasiga asosan,  o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli   yoki xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda  qo‘llash taqiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.07.2023-yildagi 290-son qaroriga asosan,  O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati  tasdiqlangan.

Bunda, O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ular uchun belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalardan ortiq bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishi va tashishi taqiqlanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-06-2024, 02:29
Saytga qaytish