Kuzatuvchi.uz / PEDAGOG XODIMLAR SUDGA SHIKOYAT QILISHI

PEDAGOG XODIMLAR SUDGA SHIKOYAT QILISHI

Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. 

O‘zbekiston Respublikasining 06.01.2020-yildagi “Davlat boji to‘g‘risida” O‘RQ-600-sonli qonunning 10-moddasiga asosan, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan Ma’muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


14-06-2024, 02:15
Saytga qaytish