Kuzatuvchi.uz / PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI

PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI

2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Prezident  Farmoniga muvofiq,  2025-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etililishi belgilangan bo‘lib, Farmonga ko‘ra, Aholining yagona elektron reyestri:  Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ushbu reyestrdan foydalanilishi belgilangan. 

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-06-2024, 02:12
Saytga qaytish