Kuzatuvchi.uz / SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN ISHLAR

SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN ISHLAR

Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni hal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida Sud: idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi,   mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, saylov komissiyalarining xatti-harakatlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi,  ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qilishi belgilangan.

Ushbu ko‘rsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda yoki iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilishi lozim.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

14-06-2024, 02:10
Saytga qaytish