Kuzatuvchi.uz / YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR TOMONIDAN AGENT SIFATIDA KO‘RSATILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR TOMONIDAN AGENT SIFATIDA KO‘RSATILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI

24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Prezident  Farmoniga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan agent sifatida koʻrsatiladigan 15 ta davlat хizmatlari roʻyхati quyidagicha tasdiqlandi. Davlat xiozmatlari turlari: Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, Soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, Texnik loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish, Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish, Iste’molchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun texnik shartni, elektr ta’minoti loyihalarini, amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha dalolatnoma tuzish, Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish, Issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish, Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish, Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish, Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash, Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

14-06-2024, 02:04
Saytga qaytish