Kuzatuvchi.uz / XORIJDA VAQTINCHA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRAYOTGAN SHAXSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI

XORIJDA VAQTINCHA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRAYOTGAN SHAXSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI

“Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-59-son, 04.04.2024 y.) qabul qilindi.

 

Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

 

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);

 

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat bo'lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo'limi (Bo'lim);

 

 Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:

 

-kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirining o'rinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;

 

O'zbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qo'shimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari bo'yicha attashe lavozimi. 

 

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

4-06-2024, 14:18
Saytga qaytish