Kuzatuvchi.uz / MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA A'ZOLARI BEPUL TIBBIY KO'RIKDAN O‘TKAZILADI

MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA A'ZOLARI BEPUL TIBBIY KO'RIKDAN O‘TKAZILADI

Farmonga muvofiq 2024-yil 1-iyundan:

 

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan  xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi (bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno).

 

Bunda:

 

-subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;

 

-mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;

 

-mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi;

 

-2024-yil 1-iyundan quyidagilar yo'lga qo'yiladi:

 

-mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila a'zolarini bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish;

 

-mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam ko'rsatish amaliyoti.

 

 

 

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

4-06-2024, 14:17
Saytga qaytish