Kuzatuvchi.uz / ADLIYA ORGANLARINING MAS’ULIYATI YANADA OSHDI

ADLIYA ORGANLARINING MAS’ULIYATI YANADA OSHDI

So‘nggi yillarda adliya organlari sohasida ko‘plab yangiliklar, fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishda ko ‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Xususan, joriy yilning 24-may sanasida adliya xodimlari uchun eng esda qolarli sana bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari etib aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish; joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish; fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish; davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish adliya organlarining faoliyat yo‘nalishlariga qo‘shimcha qo‘shildi.

 

 

X.MADAMINOVA,

 

Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi.

 

 

 

3-06-2024, 19:16
Saytga qaytish