Haydovchi mastlik holati bo‘yicha tekshiruvdan bo‘yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 4 mln 950 ming so‘m miqdorida jarimaga tortiladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transportni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 9 mln 900 ming so‘m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.
Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.