Qonunchilikka ko‘ra, ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
- so‘rovnomada maktabgacha ta’lim tashkilotining bola uchun to‘g‘ri keladigan yoshdagi bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lgan guruhini (yo‘llanma olish uchun) yoki bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lmagan guruhini (navbatga kiritilishi uchun) ko‘rsatish (tanlash);
- bolani tug‘ilgan vaqtdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish;
- bir vaqtda uchtagacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolani navbatga qo‘yish;
- xato kiritilgan ma’lumotlarni tuzatish;
- davlat xizmati ko‘rsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.