Qonunchilikka ko‘ra, mamlakat bo‘ylab keksalarning sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.
Turizm oyligi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
- hududlardagi turizm infratuzilma obyektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib borilish;
- sayohat qiluvchilar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temir yo‘l chiptalariga ixtiyoriy chegirmalarni e’lon qilish hamda litsenziyasi bor tadbirkorlik sub’ektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va e’lon qilish;
- respublikadagi madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilish.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.