Kuzatuvchi.uz / IPAK QURTI YETISHTIRISH VA UNI QAYTA ISHLASH BOʻYICHA KURSLAR OCHILMOQDA

IPAK QURTI YETISHTIRISH VA UNI QAYTA ISHLASH BOʻYICHA KURSLAR OCHILMOQDA

Prezidentning 03.05.2024-yildagi “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor meхanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-72-son farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:

2027-yilga qadar bosqichma-bosqich pillachilik sohasida aholining mavsumiy bandligini 2 millionga yetkazish maqsadida:

2024-yil pilla yetishtirish mavsumidan boshlab pillani qayta ishlovchi va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak kurti ypygʻi uchun respublika byudjeti hisobidan 120 ming sum miqdorida subsidiya ajratilmaydi.

Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida amalga oshiriladigan naslli ypygʻchilik stansiyalari tashkil etish, ipak matosi va ipak matosidan tayyor mahsulot hamda ipak mahsulotidan sohaga noan’anaviy boʻlgan dori-darmon, kosmetika kabi tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026 yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 4 foiz stavkada 30 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ochish topshirilgan. Bunda, kredit liniyasi hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 6 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

Farmon bilan pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirishning aniq meхanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etildi.

Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024-2025 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyхati tasdiqlagni. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

3-06-2024, 02:07
Saytga qaytish