Kuzatuvchi.uz / ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga  muvofiq aholiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini oson va qulay sharoitlarda ko‘rsatish, tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd etish, nikoh tuzish va nikohdan ajralganlik holatlarini qayd etishda ovoragarchiliklarning oldini olish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarni va undagi navbatlarni bartaraf etish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022-yil 28-sentabr kuni 540-son qarori qabul qilindi.

 Unga ko‘ra 2023-yil 1-iyundan  boshlab butun respublika hududida tug‘ilganlik tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etilmoqda.

Tug‘ilganlik FHDY bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi;

Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDY bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

 

L.XUDAYAROVA,

Tuproqqal’a  tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi. 

 

 

 

 

 

24-01-2024, 16:07
Saytga qaytish