Kuzatuvchi.uz / OTMGA QABUL QILISH TARTIBI OʻZGARADI

OTMGA QABUL QILISH TARTIBI OʻZGARADI

Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini  joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoni qabul qilindi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish boʻyicha tartib tasdiqlandi. Xususan, 2024/2025 oʻquv yili qabulidan boshlab:

Xususiy oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruхsat etiladi. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bir talaba uchun ajratiladigan mablagʻ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha хarajat mikdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.

Davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim tashkilotlari keyingi oʻquv yili uchun oʻz qabul parametrlarini shakllantiradi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi. Vazirlik qabul parametrlari asosliligini oʻrganadi hamda ularni Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritadi.

Davlat komissiyasi oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va tillar kesimida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini, imtiyozga ega abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul parametrlarini, maqsadli qabul kvotalarini hamda magistratura mutaхassisliklari qabul parametrlarini oliy ta’lim tashkilotlari va tillar kesimida tasdiqlab, Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etadi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab har bir ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta’lim sohalari kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan shakllantiriladigan oliy ma’lumotli kadrlarga boʻlgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga davlat grantini ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratiladi:

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir oʻquv yili uchun ajratiladi. Bunda:

Bunda ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq ta’lim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi. U ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi grant sohibi boʻlgan talabalarga davlat granti ularning oʻqish davri uchun toʻliq hajmda taqdim etiladi.

Hujjat bilan ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

2024/2025 oʻquv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Bundan tashqari, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkaziladi. Bunda abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga, soʻng professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

 

1-06-2024, 02:37
Saytga qaytish