Kuzatuvchi.uz / QIZIL KITOBGA KIRITILGAN O‘SIMLIKLARNI YIG‘ISH

QIZIL KITOBGA KIRITILGAN O‘SIMLIKLARNI YIG‘ISH

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish, 

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

30-05-2024, 11:22
Saytga qaytish