Kuzatuvchi.uz / OZ MIQDORDA TALON-TOROJ QILISH

OZ MIQDORDA TALON-TOROJ QILISH

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish,

 -bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

-bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni o‘g‘irlash tarzida sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish,

-bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

Ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini ularning xodimi tomonidan o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Tijorat maqsadi deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad tushuniladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

30-05-2024, 11:07
Saytga qaytish