Nogironligi bo‘lgan shaxslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan moneliksiz foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mehmonxonalarning mulkdorlari tomonidan umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlash bo‘yicha talablarni bajarmaganlik,
-mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
-mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.