Kuzatuvchi.uz / NIKOH YOSHI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI YOKI NIKOH TUZISH TARTIBINI BUZISH

NIKOH YOSHI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI YOKI NIKOH TUZISH TARTIBINI BUZISH

Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, 

-bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, 

-bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, 

-bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

30-05-2024, 01:58
Saytga qaytish